O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina sport olamida yutmagan musobaqa qolmagan. 48 yoshli sportchimiz 2024 yili Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun kurashni davom ettiryapti.
Rossiyalik taniqli sharhlovchi Dmitriy Guberniyev rekordchi sportchi Fransiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli qatnashishiga ishonmoqda.
- Butun koinotda Chusovitinadaqasi yo‘q. Uning qarshisida tiz cho‘kib, bor shlyapalarimni yechaman. Bo‘lajak Olimpiadada Oksana medal qo‘lga kiritsa, umuman hayratlanmayman.
U fantastik sportchi va hozir ham fantastik formada. Men uning chiqishlarini 30 yildan ortiq vaqt mobaynida kuzatib kelaman. Chusovitina – fenomen. Men Oksanaga omad tilayman, uning faoliyatini kuzatib boraman va hamon hayratlanib kelaman, - dedi Dmitriy Guberniyev.
Buxoroda tug‘ilgan Oksana Chusovitina faoliyati eng uzoq davom etayotgan sport gimnastikasi ustasi hisoblanadi. Hamyurtimiz sakkiz marotaba Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yagona gimnastikachi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring