Foto: championat.asia
Kecha O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bosqichida ishtirokchilari aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra finalda musobaqa kubogi uchun "Nasaf" va OKMK klublari bellashadi. Mazkur uchrashuv 12 noyabr kuni Qarshi shahridagi "Markaziy" o‘yingohida o‘tkaziladi.
"Ajdarlar" o‘yinda rasmiy mezbon sifatida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" o‘z tarixida 9-marta, shu bilan birga, ketma-ket 3-marta final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
OKMK esa o‘z tarixida 4-marta hal qiluvchi bosqichga yetib keldi. Olmaliqliklar so‘nggi bor 3 yil muqaddam finalda ishtirok etgandi.
Yarim finalda yutqazgan "Navbahor" o‘tgan yil shu bosqichda penaltilar seriyasida "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etgandi, joriy yil aynan "lotoreya"da imkoniyatni boy berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar