Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan "Salernitana" - "Kalyari" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Mezbonlar safida gollarni Dia (dubl) kiritdi. Sardiniyaliklarning ikki goli Luvumbo va Viola nomiga qayd etildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa sardiniyaliklar safida 84-daqiqada zahiradan maydonga tushirildi. Ahamiyatlisi, u jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, "Kalyari" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, 3 ochko bilan 20-o‘rinda qoldi. "Salernitana" 4 ochko to‘plagan holda 19-o‘rinni band etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar