"Sepaxon" bosh murabbiyi Joze Moraish: "OKMK uchun bu o‘yindagi ochkolar juda muhim, ammo ochkolar bizga ham zarur"
OCHLning 3-turi doirasida OKMK – "Sepaxon" uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Joze Moraish matbuot anjumanida qatnashdi.
"Ertaga halol va kurashlarga boy o‘yin bo‘lishini kutyapman. Osiyo chempionlar ligasi eng yuqori darajadagi turnir. Ertaga juda yaxshi o‘yinning guvohi bo‘lishimizga ishonaman. Muxlislarga ajoyib o‘yin taqdim etamiz.
O‘yinchilarimiz uchrashuvga ruhan, jismonan, taktik va texnik tomondan to‘liq tayyorlar deya olaman. O‘yinga 100% shaymiz va yaxshi natija ko‘rsatishimiz kerak. O‘z ishimizni har kuni, sidqidildan bajaramiz. Osiyo miqyosidagi turnirlarda kurashish uchun bizda yetarli salohiyatga ega o‘yinchilar bor.
OKMK uchun bu o‘yindagi ochkolar juda muhim, ammo ochkolar bizga ham zarur.
Futbol jamiyat, insonlar va halollik uchun kerak. Bu o‘yin insonlarni birlashtiradi, do‘stlashtiradi. Futbol dushman orttirish uchun o‘ynalmaydi. Biz ham do‘stlashish va birlashish uchun futbol o‘ynaymiz. Ertaga maydonda halol o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.
Biz raqibni, O‘zbekiston ichidagi barcha narsani va mamlakat madaniyatini hurmat qilamiz. Biz raqib muxlislarini hurmat qilamiz.
Futbolchilar futbol haqida o‘ylashadi. Biroq, ba’zi insonlar ham borki, ular futbol haqida emas boshqa narsalar haqida qayg‘urishadi. Biz futboldagi farqlarni hurmat qilamiz va buni muhokama qilmaymiz. Barchamiz insonlarni hurmat qilishimiz kerak, bu natijadanda muhimroq narsa", - deydi "Sepaxon" bosh murabbiyi Joze Moraish.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring