"Nassaji" bosh murabbiyi: "Navbahor"ning g‘alabasi ishqibozlar effekti sabab ro‘y berdi deb o‘ylayman"

1 daqiqa o'qish310
"Nassaji" bosh murabbiyi: "Navbahor"ning g‘alabasi ishqibozlar effekti sabab ro‘y berdi deb o‘ylayman"

"Navbahor" hamda "Nassaji" o‘rtasidagi OCHLning 3-tur o‘yinidan (2:1) so‘ng mehmon jamoa ustozi Mehdi Rahmati matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Futbolchilarimni ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda rejalarimiz amalga oshdi va taymni g‘alaba bilan yakunladik. Ikkinchi bo‘limda xatoliklar yuz bera boshladi. Hakamning ofsaydni aniqlashdagi kichik xatosi evaziga futbolchimizga qizil kartochka ko‘rsatildi. Shunga qaramasdan jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ulardan minnatdorman. Bu o‘yindagi mag‘lubiyatimiz kechiktirilgan ofsayd sababli ro‘y berdi.

Ushbu bahsda muxlislarning hakamga qilgan bosimi hisobiga referi ko‘p xato qildi. Hakam xatosi sabab qizil kartochka oldik va chetlatishdan so‘ng o‘yin o‘zgarib ketdi. Qizil kartochka sabab majburiy o‘zgarishlar amalga oshirdik. Jarohati bor futbolchilarimizni ham maydonga tushirishga to‘g‘ri keldi. Agar hakam qizil kartochka bermaganida, ikkinchi golni urib, bahsni g‘alaba bilan yakunlar edik.

Bugungi bahsdagi natija faoliyatimdagi eng og‘iri. Qizil kartochkani haligacha xazm qila olmayapman. Ofsayd aniqlanganidan so‘ng hakamlar VARni ko‘rib, futbolchimizni maydondan chetlatyapti. Lekin yigitlar oxirigacha kurashishdi, ularga rahmat aytaman.

- Namangan haqidagi taassurotlaringiz va muxlislar yaratgan atmosfera haqida nima deya olasiz?

- Muxlislar jamoani juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu g‘alaba ishqibozlar effekti sabab ro‘y berdi deb o‘ylayman. Hakamlar muxlislarning bosimi tufayli xato qilishga majbur bo‘lishdi. O‘sha xato bo‘lmaganda, g‘alaba bilan qaytgan bo‘lardik. "Navbahor"ning g‘alabasi to‘lig‘icha muxlislarniki. Eronlik muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular kamchilik bo‘lishiga qaramasdan, bizni imkoni boricha qo‘llab turishdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?