date
views 163

Ro‘ziqul Berdiyev "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?

Ro‘ziqul Berdiyev "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?

Superliga 23-turi doirasidagi "Metallurg"ga qarshi o‘yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Gollarni vaqtida urib oldik. Bu bizning o‘yinimizga yengillik taqdim qildi. Agarda gol urmaganimizda kurash uzoqroq davom etardi. "Metallurg" so‘nggi paytlarda 5 himoyachi bilan o‘ynayapti va buni yaxshi tarzda amalga oshirmoqda. Tezkor golimiz ularning rejasini buzdi. Qisqasi, o‘yinni nazorat qildik. Hisob yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Asosiysi - g‘alabaga erishdik.

- "Nasaf" har uch kunda o‘yin o‘tkazyapti? "Navbahor" "Bunyodkor" bilan o‘yinni qoldirgani sababli "Nasaf" ham o‘yinini qoldirish iltimosi bilan chiqishi mumkinmi?

- Kubok finaliga chiqa olmagani uchun kelishilgan tarzda o‘yinni qoldirishdi. Agarda biz yoki OKMK ham finalga chiqa olmaganida o‘yin qoldirilishi mumkin bo‘lgandi. Termaning yig‘inlari sababli o‘yinlar taqvimi juda ziq. Biroq har qanday vaziyatdan chiqish kerak, shu sababli rotatsiya qilyapmiz, boshqa futbolchilarga ham imkoniyat beryapmiz.

- Ketma-ket ikkinchi o‘yin-ki, jamoa so‘nggi daqiqalarda penaltini ura olmayapti. Penalti tepish uchun alohida futbolchi tayyorlanmayaptimi?

- Ba’zida penalti tepish bo‘yicha musobaqalar o‘ynab turamiz. Unda ko‘proq men g‘olib bo‘laman. Shu sababli bu yigitlarda muammoli tarzda ko‘rinayotgandir. Albatta, bunga jiddiy yondashishimiz kerak. Ba’zi paytlarda Aziz yaxshi harakat qilardi. Penaltini yaxshi tepadigan Javohir maydonda emasdi. Zafarmurodga ham ko‘p ishonardik. Ushbu penaltilarni tajribali futbolchilarga berdik. Buni tuzatishimiz kerak. Chunki bu muhim o‘yinlarda juda kerak bo‘lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?