date

Yozning eng shov-shuvli transferlaridan biri amalga oshdi. Iguain «Yuventus»da

Yozning eng shov-shuvli transferlaridan biri amalga oshdi. Iguain «Yuventus»da

Yozgi transferlarda eng ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Gonsalo Iguain faoliyatini Turinda davom ettiradi.

«Napoli» jamoasining rasmiy tvitteri o‘z hujumchisini «Yuventus»ga transfer qilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Biroz muddat o‘tib turinliklar jamoasi tvitteri ham shu haqida ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Neapolitanliklar klubi turinliklar 28 yoshli bu argentinalik hujumchi uchun 90 million evro to‘lashini ma’lum qilgan. Shu tariqa, u Beyl (101,4 mln evro) va Ronaldudan (94 mln evro) keyingi dunyoning eng qimmatbaho uchinchi futbolchisiga aylandi.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu mablag‘ keyingi 2 yil davomida 2ta transh orqali to‘lanishi aytilgandi.

Futbolchi turinliklar bilan 2021 yilgacha shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi miqdori 7,5 million funtni tashkil qiladi.

Iguain «Napoli»ga 2013 yili «Real» safidan 37 million evro evaziga o‘tgandi. U A Seriyaning o‘tgan mavsumida 36 gol urdi va chempionat to‘purari bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yozning eng shov-shuvli transferlaridan biri amalga oshdi. Iguain «Yuventus»da