date
views 560

Levchenko: "Bizni chempionlik poygasidan ataylab chiqarib yuborishdi"

Levchenko: "Bizni chempionlik poygasidan ataylab chiqarib yuborishdi"

"Bunyodkor" hamda "Neftchi" o‘rtasidagi Superliganing 23-tur o‘yinidan (2:1) so‘ng mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O‘yin haqida hech qanday izoh berishni istamayman. Maydonga nima ro‘y berganini o‘zingiz ko‘rdingiz. Tushuntirib bo‘lmaydigan hodisalar ro‘y berdi. Men hammasini bilaman, ammo ayta olmayman. Sizlar ham barchasini tushunib turibsiz. Boshqa gapim yo‘q.

- Apellyatsiya berishni rejalashtirmayapsizlarmi?
- Apellyatsiya nimani o‘zgartirib beradi. Uch ochkoni endi hech kim qaytarib bera olmaydi yoki o‘yinni boshidan o‘tkazib bo‘lmaydi. Hamma ko‘rdiku nima bo‘lganini. Odamlar ko‘rmi yoki VARdagilarning ko‘zi ojizmi. Men yana bir marotaba takrorlayman. Hamma nima bo‘layotganini tushunib turibdi. Men ham nega bunday bo‘layotganini bilaman, faqat bu haqida ommaga chiqib gapirishga imkonim yo‘q.

- "Neftchi" jamoasi joriy mavsum hakamlar qarori sababli qimmatli ochkolaridan mahrum bo‘ldi. "Andijon"ga qarshi uchrashuvda hakamlarning xatosi sabab jamoa uch ochkodan quruq qolgan edi. Bugun esa juda bahsli vaziyatlar. "Neftchi" jamoasi hakamlar "qurboni" bo‘ldi degan fikrga qo‘shilasizmi?

- Mening fikrim hech nimani hal qilmaydi. Ushbu vaziyatlarda baho beradigan javobgar insonlar bor. Alohida komissiya bor. Baribir hech narsa o‘zgarmaydi. Ushbu holat bugun boshlangani yo‘q. "Buxoro"ga qarshi uchrashuvdagi penalti. OKMKga qarshi o‘yindagi qizil kartochka. O‘sha vaziyatlarga qanday izoh berish mumkin. Menga savollar ko‘p, ammo men ushbu savollarga javob topa olmayapman. Apellyatsiya berishimizdan foyda yo‘q.

- Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng, "Neftchi" klubi chempionlik poygasini tark etdimi?

- "Neftchi"ni chempionlik poygasidan ataylab chiqarib yuborishdi. Yana bir marotaba takrorlayman, biz chempionlik poygasini tark etmadik. Bizni kurashdan chiqarib yuborishdi. Men kim "Neftchi"ni to‘xtatmoqchiligini bilaman va kim ushbu ishlarni boshqarayotganini bilaman, biroq kimligini ayta olmayman. OKMKga qarshi uchrashuvdagi vaziyat, bugungi uchrashuvdagi so‘nggi daqiqada penalti berilishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Hakam hatto VARga murojaat qilmadi-ku. Barchasini tushunib turibman.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Levchenko: "Bizni chempionlik poygasidan ataylab chiqarib yuborishdi"
-->