“Bunyodkor” o‘z maydonida “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin bir qator savollarga javob qaytardi.
- Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Ko‘plab kurashlarga va emotsiyalarga boy o‘yin kechdi. “Bunyodkor” muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Fidokorona o‘yini uchun jamoani ham tabriklayman. “Neftchi” tajribali jamoa. Yaxshi murabbiy, yaxshi futbolchilar mavjud. Yigitlar mashg‘ulotlar orqali bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi. Yana bir bor hammani g‘alaba bilan tabriklayman.
- O‘yin shunday hissiyotlarga boy o‘tishini taxmin qilganmidingiz?
- Ha, mavsum oxiridagi o‘yinlar shunday o‘tmoqda. Oldin ham shunday bo‘ldi. 9-daqiqadayoq 10 kishi qolgandik. Har bir bahsda g‘alaba qozonish maqsadimiz.
- “Neftchi” chempionlik uchun kurashayotgan klublardan biri. “Bunyodkor”ning asosiy maqsadi qanday edi?
- 1 dekabr oxirgi tur o‘yini. Shundan keyin hisoblaymiz. Jamoani mavsum boshlanganidan keyin qabul qilib oldim. 8 ta o‘zgarishlar qildik, yigitlarni mashg‘ulotlarda moslashish jarayoni oson kechmadi. Harakat qilishyapti, ammo natijalar hali barqaror emas. Lekin o‘yin sifati o‘zgaryapti. Rahbariyat mavsum boshida bo‘lganda vazifa qo‘yishi mumkin edi, mavsum o‘rtasida qabul qildik, maqsad har bir bahsda g‘alaba qozonish. Rahbariyat bilan bu borada gaplashib oldik. Albatta, zo‘r natija qilishni hamma xohlaydi. Biroq rahbariyat vaziyatni tushunib turibdi.
- Sultonov zahiradan maydonga tushib muhim golni urdi. Bunday yosh o‘yinchining gol urib foyda keltirishi qanchalik muhim?
- Har qanday futbolchi gol kiritishi muhim. U xoh yosh bo‘ladimi, boshqami. U zahiradan qo‘shilib gol urayotgani birinchi marta emas. Sultonov yaxshi, sifatli o‘yinchi. To‘g‘ri, unda boshqalarga nisbatan tajriba kamroq. Chunki katta futbolga bo‘lgan qarashlarini endi shakllantirib bormoqda. Yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.
- Ko‘rdikki, “Bunyodkor” 3 nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynadi. Qanot futbolchisi Taira markaziy himoyada o‘ynadi. Bunga sabab nima?
- Ha, biz bu sxema bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgandik. Futbolchilar holatidan kelib chiqib vazifa shunday bo‘lgandi. Har bir futbolchining holatini bilib 11 nafar darbozabon va boshqalarni aniqlab maydonga tushiramiz. Bizda chiziqlar bo‘yicha bir xilda futbolchilar mavjud. Shunga qarab joylashtiramiz, futbolchilarni.
- Bunyodkor”da yaxshi futbolchilar bor. Ammo barqarorlik yetishmayapti. Bu borada nima degan bo‘lardingiz?
- Mavsum o‘rtasida hammasini joyiga qo‘yish qiyin, o‘zgarishlar qilyapmiz. Men oldin yomon demagan bo‘lardim. Avval ham ochko jamg‘arib kelgan jamoa. Biz boshqacha futbol qo‘rsatmoqchimiz. Hozir ushbu jarayondamiz, bu oddiy jarayon emas. Barqarorlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayapti. Har bir mashg‘ulotlarda va shunday o‘yinlarda yigitlar mahoratlarini qo‘shib borishmoqda.
- Hakamlar borasida fikringiz qanday?
- Men bir necha bor ta’kidlab o‘tganman, hech qachon hakamlar ishini muhokama qilmayman. Ularni boshliqlari bor, tahlil qiladigan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring