date
views 217

Maksim Shatskix: "Juda kerakli bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik"

Maksim Shatskix: "Juda kerakli bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik"

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- O‘yin to‘liq bizning nazoratimizda o‘tdi. Birinchi bo‘limda yetarlicha vaziyatlar yaratdik. Raqibni ham e’tirof etish joiz. Ular yaxshi himoyalanishdi. "Buxoro" bugungi uchrashuvdan nima istayotgani ko‘rinib turgandi. Darvozamiz oldida vaziyat yaratishga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. O‘yin oxirida bosimni oshirib, o‘zimiz uchun juda kerakli bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

- Chempionlik hal qilindimi?

- Yo‘q, albatta. Menimcha, vaziyat oxirgi turga qadar qiziqarli ko‘rinishda qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Juda kerakli bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritdik"