17:00 / 04.11.2023
178

Messi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda Holandni necha ochkoga ortda qoldirgani ma’lum

Messi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda Holandni necha ochkoga ortda qoldirgani ma’lum

Jurnalist Fabritsio Romano hujumchilar Lionel Messi va Erling Holandning "Oltin to‘p" uchun ovoz berish natijalarini e’lon qildi.

"Inter Mayami"ning argentinalik futbolchisi 462 ochko, "Manchester Siti"ning norvegiyalik forvardi 357 ochko jamg‘argan.

30 oktyabr kuni Fransiyaning "France Football" jurnali tomonidan o‘tgan mavsum uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Amerikaning "Inter Mayami" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi.

Bu sovrin Messining faoliyatidagi sakkizinchisi bo‘ldi. "Oltin to‘p"ni hech kim argentinalik hujumchidan ko‘ra ko‘proq qo‘lga kiritmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda Holandni necha ochkoga ortda qoldirgani ma’lum