RPL 14-turidan o‘rin olgan SSKA - "Nijniy Novgorod" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Stotskiy hisobni ochdi. Uning goliga Yo‘ldoshev assistentlik qildi. 37-daqiqada Chalov imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ygan bo‘lsa, Aleksandrov 40-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Abbosbek katta sahnaga chiqdi. 71-daqiqada Fayzullayevning qanotdan uzatgan pasidan so‘ng Yo‘ldoshev o‘zining darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Fayzullayev Davilaning goliga assist amalga oshirdi.
Shu tariqa, SSKA turnir jadvalida 24 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi. "Nijniy Novgorod" esa 6-pog‘onaga joylashgan.
SSKA – "Pari NN" 3:2
Gollar: 0:1 – 33 Stotskiy, 1:1 – 37 Chalov, 1:2 – 40 Aleksandrov, 2:2 – 71, avtogol Yuldoshev, 3:2 – 73 Davila.
SSKA – Akinfeyev, Xelven (Davila, 68), Moyzes, Villian Rosha, Zdelar, Gayich, Oblyakov, Mendes (Nababkin, 68), Fayzullayev, Zabolotniy, Chalov.
Pari NN – Nigmatullin, Stotskiy, Gotsuk, Kakkoyev (Tolstopyatov, 69), Aleksandrov, Stamatov (Yuldoshev, 28), Kalinskiy, Troshechkin (Jigulev, 69), Ededem (Kutateladze, 82), Boselli, Ze Turbo (Sevikyan, 82).
Ogohlantirishlar: Zdelar (30), Moyzes (44), Troshechkin (45), Kakkoyev (45), Villian Rosha (65), Davila (74), Tolstopyatov (75), Jigulev (88), Zabolotniy (90).
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring