O‘zbekiston ilk bor kamondan otish bo‘yicha Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Tailandda o‘tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyoda Abdusattorova finalgacha yetib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi.
Reglamentga ko‘ra, yakkalik yo‘nalishida o‘tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Shu tariqa, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…