Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoi Gongkongga qarshi o‘yindan keyin (4:0) matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Yaxshiligi shundaki, shogirdlarim o‘zlari gol urishi mumkin bo‘lgan vaziyatda ham sherigiga pas berdi. Bu bizning asosiy yutug‘imiz bo‘ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik va tezkor gol urdik. Ikkinchi bo‘limda ham ko‘p vaziyatga ega bo‘ldik, ammo unumli foydalana olmadik. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", - dedi G‘alinoi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar