21:41 / 21.11.2023
286

Srechko Katanes: "Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Yigitlarning o‘z ishiga yondashuvi meni quvontirdi"

Srechko Katanes: "Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Yigitlarning o‘z ishiga yondashuvi meni quvontirdi"

JCH-2026 saralashi doirasida Eron bilan o‘ynalgan durangdan keyin O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Srechko Katanes hamda futbolchi Oston O‘runov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun o‘yinni zaxiradan tomosha qilish oson bo‘lmadi. Eronga qarshi erishilgan durang - yaxshi natija va men yigitlarni tabriklayman. Birinchi bo‘limda ko‘proq agressiv o‘yin namoyish etishimiz kerak edi deb o‘ylayman. Lekin ikkinchi taymda o‘yinimizni yaxshiladik. 2:0 hisobidan durangga erishdik va bu juda yaxshi natija deb hisoblayman. Gollarni o‘zimizning aybimiz tufayli o‘tkazib yubordik.

Oston O‘runov: - O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Bugun mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi. Ikki to‘pni yo‘qqa chiqarganimizdan juda ham xursandmiz.

- Ikkinchi taymda Eron murabbiylari shtabi bilan janjallashib ketdingiz va tarjimonimiz maydondan chetlatildi. O‘sha vaziyatga izoh berib o‘tsangiz?

- Bu muhim vaziyat emas. Men hakamlarning ishiga baho bermayman. Eron terma jamoasining uslubi shunday, ular har doim shunday o‘yin namoyish etishadi.

- Birinchi bo‘limda yigitlarning o‘yini chiqmadi dedingiz. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingizki, ular maydonga qaytib kambek amalga oshirishdi.

- Tanaffusda ularga qo‘rqmaslik kerakligini aytdim. Biz to‘pni tezroq harakatlantirishimiz kerakligini tushuntirdim. To‘pni ko‘p vaqt ushlab turishning foydasi yo‘q.

- 0:2 hisobini durangga aylantirish albatta quvonarli. Ammo dastlabki ikki uchrashuvdan qanday hulosalar chiqardingiz. Qayerda kamchiliklar bor va qaysi pozitsiyalarni kuchaytirish uchun imkon bor deb o‘ylaysiz?

- Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Futbolchilarning uchrashuvga bo‘lgan yondashuvi meni quvontirdi. Yigitlar xarakter namoyish etishdi va 0:2 hisobini 2:2ga aylantirishdi. Men futbolchilarimizni o‘z klublarida ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istayman. Ular o‘z klublarida stabil tarzda o‘ynab tursa, 20-30 foizga o‘yinimizni kuchaytira olamiz. Uslubimiz ustida ishlashimiz kerak va hali o‘yinimizni kuchaytira olamiz.

- Yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berishingiz mumkin edi mening fikrimcha. Yosh futbolchilarga imkoniyat berishdan qo‘rqayapsizmi? Masalan, Fayzullayev va Xusanovlar asosiy tarkibda o‘ynay oladi mening fikrimcha?

- Sekin astalik bilan ularga imkoniyat beramiz. Ular hali juda yosh. Masalan Xusanov juda iqtidorli, lekin u klubida deyarli o‘ynamayapti. Terma jamoa qisqa vaqt yig‘in olib boradi va biz unga birinchi daqiqalardanoq ishonch bildirishimiz katta tavakkal.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "Bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Yigitlarning o‘z ishiga yondashuvi meni quvontirdi"