JCH-2026 saralashi doirasida Eron termasi bilan o‘yinda O‘zbekistonning ikkinchi goli muallifi Igor Sergeyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi bo‘limda juda ko‘p xato qildik. Ikkinchi taymda o‘zimizga kelib oldik. Garchi g‘alaba qozona olmagan bo‘lsak-da, mag‘lubiyatdan qutulib qoldik, bor kuchimizni berib o‘ynadik. Shu sababli yigitlarga "bravo" deya olaman.
- Ikkinchi bo‘limda zahiradan tushganlar o‘yinni kuchaytirgani sezildi.
- Bu yerda ko‘plab faktorlar bor, shu sababli qaysi yomon, qaysi yaxshi ekanligini sanab o‘tirmayman. Biz xato qildik, Eron esa xatolarni kechirmaydi. Ikkinchi bo‘limda esa xatolar qilmadik, shu boisdan gol o‘tkazib yubormadik. Shukurki, ikkita gol urib, o‘yinni olib chiqib keta oldik.
- Bugungi o‘yiningizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Asosiysi - mag‘lub bo‘lmaganimizdan mamnunman. Chunki raqib - oson bo‘lmagan Eron termasi. Yuqori kuch bilan o‘ynab, durangga erishdik.
- Uchrashuvda bo‘lgan provakatsion holat haqida gapirsangiz.
- Bu Eron. Bu ularning bu kabi birinchi o‘yini emas, doimo shunday qilishadi. Bugun ular yangilik qilishgani yo‘q. Ular doimo shunday. Shunchaki bu holatlarga to‘g‘ri yondoshish kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring