00:17 / 26.11.2023
507

Fayzullaevning ustozi Rossiya klublariga yana ikki futbolchini tavsiya qildi

Fayzullaevning ustozi Rossiya klublariga yana ikki futbolchini tavsiya qildi

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev joriy yilning avgust oyida Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin Rossiya premer-ligasida birdan porlay boshladi. 20 yoshli legionerimizni Rossiya futbol jamoatchiligi vakillarining aksariyati birinchi davraning eng yorqin kashfiyoti sifatida e’tirof etmoqda.

Fayzullaev zo‘r o‘yin ko‘rsatgani tufayli uning birinchi murabbiyi Dmitriy An ham ancha nom qozondi. Rossiyalik jurnalistlar unga ko‘p bora murojaat qilmoqda.

Futbolni keng yoritib kelayotgan manbalardan biri – Metaratings.ru sayti jurnalistlari “Paxtakor” murabbiyi Dmitriy Andan Indoneziyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati nimchorak finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinchilari haqida ma’lumot so‘radi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu qisqa suhbatni havola etadi.

– Terma jamoa katta xursandchilik ulashdi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirzieyovning e’tibori, O‘zbekiston futbol federatsiyasi mehnatlari samara berdi.   

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida “Paxtakor”ning ikki tarbiyalanuvchisi bor. Bular – 20-raqamda o‘ynayotgan Dilshod Abdullaev hamda 3-raqamda to‘p tepayotgan Yahyo O‘rinboevdir.

– O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining qaysi o‘yinchilari kelajakda xuddi Abbosbek Fayzullaev singari Rossiya Premer-ligasi klublarini kuchaytira olishi mumkin?

– Ularning hammasida ana shunday salohiyat bor, lekin men Dilshod Abdullaevni alohida ta’kidlamoqchiman. U yoshiga nisbatan ancha etuk darajada o‘yin ko‘rsatayotgan markaziy himoyachi hisoblanadi.

Hujumkor futbolchilardan menga Amirbek Saidov yoqadi. Amirbek angliyaliklar darvozasiga to‘pni to‘g‘rilab qo‘ydi. Uning ko‘rsatkichlari juda yaxshi.

Mana shu ikki nafar futbolchi hozirning o‘zida Rossiya chempionati klublarining qiziqishiga sabab bo‘la oladi.

Ta’kidlash joizki, keyingi paytda yosh futbolchilarimizga Evropa klublaridan e’tibor bo‘lmoqda. Bu ko‘proq yoshlardan tarkib topgan terma jamoalarimizning qit’a va jahon chempionatlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan bog‘liq.

Xususan, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo va jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etganidan keyin bu musobaqalarda iste’dodini namoyish qilgan Abbosbek Fayzullaev TsSKAga, markaziy himoyachi Abduqodir Husanov Frantsiyaning “Lans” klubiga o‘tib ketdi. Ular bilan birga o‘ynagan Umarali Rahmonaliev “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston U17 terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaevni bir necha xorij klublari kuzatayotgani haqida ma’lumotlar bor.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullaevning ustozi Rossiya klublariga yana ikki futbolchini tavsiya qildi