06:00 / 01.12.2023
371

O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli o‘rtasidagi asosiy farq nimada?

O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli o‘rtasidagi asosiy farq nimada?

Qizilo‘rdaning "Qaysar" jamoasi bosh murabbiyi Viktor Kumikov Qozog‘iston va O‘zbekiston futboli o‘rtasidagi farq nimada ekanligini aytib o‘tdi.

"O‘zbekistonda futbol ko‘proq texnikaga asoslangan va kamroq to‘qnashuvlarga ega. To‘p bilan ishlashga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Bu yerda (Qozog‘istonda – tahr.) kurash ko‘proq, Yevropa futbolidek. U yerda (O‘zbekistonda – tahr.) Osiyo futboliga guvoh bo‘lasiz.

Asosiy farq infratuzilmada. U yerda yaxshi stadion va mashg‘ulot bazasi bo‘lmagan klubni bilmayman. Barcha maydonlar tabiiy, u yerning iqlimi bunga imkon beradi. Bu yerda ham buni qilish mumkin, lekin sun’iyni afzal ko‘rishadi. Qozog‘istonda ko‘p jamoalar yo umuman bazaga ega emas yoki talablarga javob bermaydigan qarorgohga ega. Ular o‘nlab yillar davomida infratuzilmaga sarmoya kiritib kelishgan. Stadionlarning barchasi 2005-2016 yillargacha qurilgan. Har bir viloyatda yaxshi stadion bor", – dedi Kumikov.

Kumikov boshchiligidagi "Qaysar" 2023 yilgi milliy chempionat jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi. 60 yoshli rossiyalik mutaxassis Qozog‘istonning "Atirau", "Ordabasi", "Shaxtyor", "Elimay", "Yesil" klublarini ham boshqargan bo‘lsa, O‘zbekistonda "Andijon", OKMK, "Nasaf", "Mash’al" klublarida faoliyat yuritgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli o‘rtasidagi asosiy farq nimada?