Angliya 1-ligasi doirasidagi "Barnsli" — "Uikom Uonderers" uchrashuvida o‘zgacha gol urildi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan paytda mehmonlar darvozaboni Maks Striyek vaqtdan yutishga harakat qildi va raqib futbolchisi Sem Kosgrov yoniga kelishi bilan to‘pni ushlab olishga harakat qildi. Biroq yengil to‘qnashuv natijasida posbon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, "Barnsli" hujumchisi esa bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
Vaziyat mehmon jamoaning e’tiroziga sabab bo‘lsa-da, hakam golni inobatga oldi va 90+1 daqiqada kiritilgan yagona to‘p mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar