"Mumbay Siti" murabbiyi: "Oxirgi o‘yin bilan solishtirganda, bizda to‘laqonli tarkib shakllangan"
"Mumbay Siti" murabbiyi Entoni Fernandesh "Navbahor"ga qarshi OCHL o‘yini oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bo‘lajak o‘yin qiyin o‘tadi. "Navbahor" kuchli, ular ham g‘alaba ilinjida tashrif buyurishgan, biroq biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.
Klubda murabbiy almashdi, mazkur bahs o‘z mahoratimni namoyon eta olish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
Futbolda ba’zi rejalar ish bermay qolishi mumkin, shu bois har qanday holatga moslashish lozim. Men ham o‘z lavozimimga moslashib boryapman va bundan zavq olyapman. Shunga qaramay, bu qiyin vazifa.
Oxirgi o‘yin bilan solishtirganda, bizda to‘laqonli tarkib shakllangan. Yigitlar uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Osiyo Chempionlar Ligasida Hindiston sharafini himoya qilayotganimiz bizga g‘urur bag‘ishlaydi. Albatta, natijalar bizni biroz xafa qilmoqda, biroq shogirdlarim ko‘rsatayotgan o‘yindan xursandman. To‘g‘ri, guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinimiz hisoblanadi, biroq ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz. Mazkur bellashuvga bo‘lgan ishtiyoq avvalgilariga qaraganda yuqoriroq", – dedi Fernandesh.
"Mumbay Siti" – "Navbahor" bellashuvi bugun 21:00 da start oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring