Italiya chempionati 15-turi “Kalyari” va “Sassuolo” o‘rtasidagi bahs bilan yakunlardi. O‘z maydonida birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborgan sardiniyaliklar yana superkambek evaziga g‘alabani ilib ketdi.
O‘yindagi to‘xtalishlar o‘rnini qoplash uchun qo‘shib berilgan daqiqalarda Janluka Lapadula va Leonardo Pavoletti bittadan gol bilan javob berdi. G‘alaba goliga Eldor Shomurodov assistentlik qildi.
Italiya futbolini yoritayotgan www.calciomercato.com sayti ekspertlari “Kalyari” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Skuffet 6.5: Uchrashuv boshida to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, ancha ishonchli o‘ynadi. Enrikening zarbasini bartaraf etib, jamoasini goldan saqlab qoldi.
Dzappa 6.5: Raqib gol urgan vaziyatda jamoadoshi Dossenaga hujumni bartaraf etirishiga xalaqit qildi. Lekin uchrashuv davomida o‘yinni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatdi.
Goldaniga 5.5: Goldanige qo‘pol o‘ynadi. Ayrim vaziyatlarda Kastilexoga qarshilik ko‘rsatishga qiynaldi.
Dossena 6: Raqib futbolchisi Pinamontiga qarshi o‘ynadi. Gol kiritilgan vaziyatdan jamoadoshi Dzappa tufayli hujumni bartaraf etolmadi. Qolgan daqiqalarda ishonchli o‘ynadi.
Odjello 6: Qanotda faol o‘ynadi va asosiy e’tiborini himoyaga qaratdi.
Nandez 5.5: Odatda, raqibga qarshi ayovsiz kurashadigan futbolchi bu gal ancha bo‘sh o‘ynadi. 59-daqiqada o‘rnini Pavolettiga bo‘shatib berdi.
Pavoletti 8: Eldor Shomurodov uzatgan to‘pni chalqancha holatda raqib darvozasiga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Prati 6.5: Ishonchli o‘ynashga harakat qildi. Biroq ayrim vaziyatlarda Kastilexo uni qiynab qo‘ydi.
Sulemana 5: Ishonchli o‘ynay olmadi. Ko‘p holatlarda unga tezlik pand berdi. 59-daqiqada o‘rnini Luvumboga bo‘shatib berdi.
Luvumbo 7: Tezligi evaziga raqib himoya chizig‘ini ojiz qoldirdi. Hisobni tenglashtirishga yordam berdi.
Viola 6.5: Xavfli zarbalari bilan ajralib turdi.
Oristanio 6.5: Eng faol o‘yinchilardan bo‘ldi. 74-daqiqada o‘rnini o‘yin qahramonlaridan biri Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Shomurodov 7: Maydonga tushganidan keyin “Kalyari”ning hujum salohiyatini kuchaytirdi. Murakkab vaziyatda turganiga qaramay, Pavolettiga golli pas uzatdi. Jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Lapadula 7: Muhim pallada gol urib, jamoani kurashga qaytardi.
Raneri 7.5: Jamoani oxirigacha kurashga o‘rgatgani qo‘l keldi. O‘yin davomida beshta hujumchini maydonga tushirib, ular yordamida mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring