09:17 / 20.12.2023
377

Turkiya chempionati: “Istanbulspor” prezidenti maydonga tushib keldi va o‘yinni to‘xtatdi

Turkiya chempionati: “Istanbulspor” prezidenti maydonga tushib keldi va o‘yinni to‘xtatdi

Futbol bo‘yicha Turkiya chempionatida yana bir ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi.

Turkiya Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Istanbulspor” va “Trabzonspor” o‘rtasidagi bahs oxiriga yetkazilmadi. Bunga sabab “Istanbulspor” prezidenti o‘z futbolchilarini maydonni tark etishga chaqirgani bo‘ldi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida, “Trabzonspor” 2:1 hisobida oldinda borayotgan vaqtda, Ertugrul Dogan va klubning boshqa vakillari maydonga tushib keldi. Bir oz muddatdan so‘ng ikkala jamoa va hakamlar maydonni tark etdi.

“Istanbulspor” futbolchilari prezidentni tinchlantirishga uringan, biroq Dogan 68-daqiqada hakam tomonidan jamoa foydasiga belgilanmagan penaltidan noroziligini bildirgan va barchadan maydonni tark etishini so‘ragan.

Turkiya futbol federatsiyasi bu borada qanaqa qaror chiqarishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ankaragyujyu” prezidenti “Rizespor”ga qarshi o‘yinda bosh hakam Halil Melerning yuziga zarba bergandi va u yerga yiqilgach, oyoqlari bilan tepgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya chempionati: “Istanbulspor” prezidenti maydonga tushib keldi va o‘yinni to‘xtatdi