22:30 / 23.12.2023
192

Chempionlik uchun kurashgan besh jamoaning o‘zaro o‘yinlarida kim ustunlik qildi?

Chempionlik uchun kurashgan besh jamoaning o‘zaro o‘yinlarida kim ustunlik qildi?

"Superliga-2023" davomida medallar uchun so‘nggi turga qadar kurash olib borgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari qanday kechgandi? Ya’ni, ularning qolgan jamoalarga qarshi o‘yinlari ayirib tashlansa, musobaqa jadvali qanday ko‘rinishda bo‘lardi? Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Mana shu 5 jamoa ishtirokidagi markaziy o‘yinlarning o‘zinigina ajratib olsak, "Nasaf" va "Neftchi" hammadan ko‘proq ochko jamg‘ara olganini ko‘rish mumkin. O‘zaro o‘yinlarda ham, to‘plar farqiga ko‘ra ham ustunlik "Nasaf" foydasiga.

"Nasaf" mana shu jadvalda qayd etilgan har bir raqibiga qarshi umumiy 2 ta o‘yin fonida olib qaralsa, ularning hech birida raqibidan ortda qolmagan yagona jamoa hisoblanadi. Masalan, "Paxtakor" bilan to‘la tenglik, "Neftchi" to‘plar farqiga ko‘ra mag‘lub etilgan. OKMK va "Navbahor"dan ko‘proq ochko ishlab olingan.

"Nasaf"ga chempionlik uchun 5 ochko yetmadi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Qarshida kutilmaganda quyidagi o‘yinlarda ochko yo‘qotdi:

"Nasaf" 0:1 "Andijon".

"Nasaf" 0:0 "Qizilqum".

"Nasaf" 0:1 "Bunyodkor".

"Nasaf" 0:0 "So‘g‘diyona".

Shuningdek, "Nasaf" "Andijon" bilan o‘zaro ikki o‘yinning o‘zidayoq 5 ochko boy berdi. "Bunyodkor" bilan o‘zaro ikki o‘yinda ham shuncha ochko yo‘qotildi. "Qizilqum" bilan o‘zaro ikki bahsda esa 4 ochkodan mahrum bo‘ldi.

"Neftchi" butun mavsum davomida eng ko‘p durang qayd etgan jamoa bo‘ldi. Ya’ni, markaziy o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan Levchenko jamoasi, nisbatan oddiyroq o‘yinlarda eng ko‘p marta ochko yo‘qotdi.

"Navbahor" markaziy uchrashuvlarning birortasini o‘z foydasiga hal qila olmadi. O‘zaro to‘qnashuvlarda "Neftchi"dan tashqari qolgan uch raqibga mag‘lub bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlik uchun kurashgan besh jamoaning o‘zaro o‘yinlarida kim ustunlik qildi?