Odil Ahmedov "Anji"da to‘p tepgan paytlaridagi xotiralari bilan bo‘lishdi.
- "Anji"ning qaysi tomoni klub darajasiga to‘g‘ri kelmasdi?
- Ma’murlar (administratorlar)dan boshqa hammasi zo‘r edi. Masalan, mashg‘ulotdan so‘ng kir kiyimlarni savatga tashlardik, ular yuvilib, qaytarib olib kelinardi, qay biri kimning formasi ekanligini o‘zimiz izlardik.
Keyin "Bavariya" ma’muri taklif qilindi va u hammasini tartibga keltirdi: Mashg‘ulotga kelasan, hammasi tayyor, so‘raysan - beradi.
- "Anji"da nima sizni ko‘proq hayratga solgan?
- "Anji" egasi Suleyman Kerimov Roberto Karlosga o‘yinchoq "Bugatti" sovg‘a qilgan. Uning ichida haqiqiy mashinaning kalitlari bor edi. Karlos - juda oddiy, pozitiv inson. Unga qarab, bu yigit afsona deyish qiyin edi.
- "Igor Denisov "Anji"ning qora tanli futbolchilari haqida ko‘p yoqimsiz gaplarni aytgan". Shu so‘zlaringizga aniqlik kiritib ketsangiz.
- Denisov - o‘z fe’liga ega futbolchi. Qaysidir bahsdan so‘ng u Diarra yoki Bussufa bilan tortishib qoldi va janjal boshlandi: Jamoa guruhlarga bo‘linib oldi. Keyinroq Gus Xiddink ketdi, bizga voqealar rivoji o‘zgarganini, istagan inson klubni tark etishi mumkinligi haqida aytishdi.
Xiddink katta obro‘ga ega edi, biroq jamoadagi deyarli barcha narsani Samuel Eto'O hal qilardi. U gol urishni, g‘alaba qozonishni xohlardi, klub uchun ko‘plab yaxshi ishlar qilgan. Masalan, futbolchilarning mukofot pulidan pul yig‘ib, ma’murlar va boshqa xodimlarga bergan.
Shu bilan birga Eto'O "Real"da sodir bo‘lgan kelishmovchilik uchun Karlosni "Anji"dan olib tashlagan. Braziliyalik himoyachining ketishi foydamizga ishlagan: U 40 yoshlarda edi, avvalgi Karlosdan asar ham qolmagandi" - deydi Odil Ahmedov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!