O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, sobiq futbolchi Odil Ahmedov nima uchun Yevropa emas Xitoyni tanlagani haqida gapirib o‘tdi.
— Qanday qilib Xitoyga borib qoldingiz?
— 2016/17 yilgi mavsum qishda menda ikkita variant bor edi: “Nitssa” menga kichik maosh taklif qildi, “Shanxay”da esa umuman boshqacha imkoniyatlar bor edi. Deyarli 30 ga kirgandim, shuning uchun Xitoyni tanladim.
— 2011 va 2013 yillarda Yevropani orzu qilardingiz, 2017 yilda esa Xitoy. Nima o‘zgargandi?
— 24—26 yoshimda Yevropaga borgan bo‘lardim, 29 yoshda esa prioritetlar boshqacha bo‘ladi. Xitoy juda kuchli futbolchilarni yig‘ayotgandi, Osiyo jamoasiga o‘tishimning boshqa bir sababi ham shu edi.
— “Krasnodar”da deyarli 2 million yevro maosh olardingiz. Xitoyda necha baravar yuqori edi?
— 2 baravar.
— “Ahmedov futbolni emas pullarni tanladi”. Siz bu gapga qanday qaraysiz?
— O‘zbekistonda ham shunday yozishgandi. Bir narsaga ishonaman, shunday gapirganlarning o‘zi ham bunday taklifga rozi bo‘lgan bo‘lardi. Avval Xitoy edi, hozir esa Saudiya.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2017 yildan 2020 yilga qadar “Shanxay” jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!