"Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali darvozabon Sanjar Quvvatov "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning darvoza dahlsizligini qo‘riqlaydi.
Ma’lumot uchun, Sanjar Quvvatov joriy yilni O‘zbekiston Superligasi g‘olibi Toshkentning “Paxtakor" klubida o‘tkazdi. Futbolchi o‘tgan mavsumda jami 20 uchrashuvda 1800 daqiqa harakat qilib, darvozasidan 19 ta gol olib chiqdi.
Futbolchi faoliyati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Mashal" va "Nasaf" klublarida ham to‘p surgan. Superligada jami 144 uchrashuvda maydonga chiqib darvozasidan 121ta to‘p olib chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar