Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rapid bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
O‘tkazilgan o‘yinlar natijasida 33 yoshli sportchi 10 ochkoni qo‘lga kiritdi. Norvegiyalik sportchi so‘nggi turda Hindiston vakili Rameshbobo Pragnanandha bilan durang natija qayd etib, raqiblarini ortda qoldirdi.
Shu tariqa, Karlsen tezkor shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioniga aylandi. U avval 2014, 2015, 2019 va 2022 yillarda ham jahon chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar