date
views 237

Mustafo Bayramov "Al-Ittihod" haqida: "Bundan cho‘chimaslik kerak, chunki yulduzli tarkibga ega jamoani ham yengsa bo‘ladi"

Mustafo Bayramov "Al-Ittihod" haqida: "Bundan cho‘chimaslik kerak, chunki yulduzli tarkibga ega jamoani ham yengsa bo‘ladi"
Xabaringiz bor, 28 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, nimchorak finalda jamoamizga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi raqib bo‘ldi.
 
Qur’a borasida “Navbahor” klubi texnik direktori Mustafo Bayramov  o‘z fikrlarini bildirdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, jamoamizga  “Al-Ittihod” raqib bo‘ldi.  To‘g‘ri, Saudiyaning ushbu klubi yaxshi shakllangan jamoa. Shuningdek, “Al-Ittihod” tarkibidan jahon futboli yulduzlari o‘rin olgan. Ammo bundan cho‘chimaslik kerak. Chunki yulduzli tarkibga ega jamoani ham yengsa bo‘ladi.
 
Bunga misol tariqasida 1996 yili, Osiyo kubok egalari kubogi doirasidagi, Namanganda Eronning “Istiqlol” (Tehron) jamoasiga qarshi kechgan bahsni keltirish mumkin. O‘shanda tehronliklar safida ko‘plab Eron terma jamoasi yetakchilari, mazkur mamlakat futboli yulduzlari o‘ynashardi. Shunga qaramay, o‘z maydonimizda “Istiqlol”ni yirik – 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lganmiz va Namangan ahliga bayram tuhfa etganmiz.
 
Jamoamiz “Al-Ittihod”ga qarshi kechadigan nimchorak final bahslarida ham ijobiy natijalarni qayd etgan holda, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, namanganliklarga quvonch ulashadi, degan umiddaman, - dedi Mustafo Bayramov.
 
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mustafo Bayramov "Al-Ittihod" haqida: "Bundan cho‘chimaslik kerak, chunki yulduzli tarkibga ega jamoani ham yengsa bo‘ladi"