
Samarqand shahrida rapid va blis shaxmat bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Blis yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda norvegiyalik Magnus Karlsen 20 imkoniyatdan 16 ochko jamg‘arib, ushbu yo‘nalishda ham chempion bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq u rapid bahslarida ham jahon chempioni bo‘lgandi.
Hamyurtlarimizdan esa erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboyev 12,5 ochko bilan qayd etdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘pladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar