21:37 / 01.01.2024
383

Rossiyaliklar Fayzullayevning o‘yinlarini ko‘rish uchun pul to‘laydi

Rossiyaliklar Fayzullayevning o‘yinlarini ko‘rish uchun pul to‘laydi

Rossiyaning “Start” telekanali 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatarda bo‘ladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasining teletranslyatsiya huquqini sotib oldi.

Kelishuvga ko‘ra, telekanal musobaqani to‘liq formatda o‘z sayti orqali namoyish qiladi. Eng zo‘r uchrashuvlar esa, telekanal orqali pullik tarzda translyatsiya qilinadi.

Bu galgi Osiyo kubogida qit’aning eng kuchli 24 ta terma jamoasi g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Chempionlikka da’vogar sifatida Yaponiya terma jamoasi e’tirof etilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, rossiyalik muxlislar uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari  ham qiziqarli hisoblanadi. Chunki musobaqada Moskvaning SSKA klubi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston guruh bosqich bellashuvlarini 13 yanvar kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

18 yanvarga belgilangan ikkinchi turda o‘zbekistonliklar hindistonlik charm to‘p ustalari bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi asosiy raqib – Avstraliyaga qarshi kechadigan bahs 23 yanvarga qo‘yilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyaliklar Fayzullayevning o‘yinlarini ko‘rish uchun pul to‘laydi