“Real” qishki transferlar oynasining birinchi yarmida Kilian Mbappeni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi kerak. Buning uchun madridliklar “Liverpul” va PSJ bilan raqobatda g‘olib chiqishi talab etiladi.
Da’vogarlar Kilianning advokati Delfin Verxeyden va agenti vazifasini bajarayotgan onasi Fayza Lamari bilan muzokara qilishi kerak.
Manbalarning ma’lum qilishicha, “Real” prezidenti Florentino Peres Kilianning onasi Fayza xonimda juda yomon taassurot qoldirgan.
The Athletic nashriga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Peresning gaplari Fayza xonimning g‘ashiga tekkan. Qolaversa, “Real” rahbari o‘zaro suhbat ma’lumotlarini matbuotga tarqatgani ham Mbappe tarafdorlariga ma’qul kelmagan.
Fayza Lamari Peresning og‘zida gap turmasligi o‘g‘lining katta bosim ostida qolganiga sabab bo‘lganini ta’kidlab, e’tirozlarini bildirdi.
“Real” Mbappe vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish uchun klubning bosh direktori Xose Anxel Sanchesni ishga soldi. Endi muzokaralarda aynan mana shu mutaxassis Mbappening roziligini olishga harakat qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi