
"Bunyodkor" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Jamoani yangi mavsumga xorvatiyalik mutaxassislar tayyorlaydi.
UYEFA va OFKning Pro lizensiyasiga ega Ivan Bubalo 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida boshlaydi. Mutaxassisga tegishli litsenziyalarga ega 4 nafar murabbiy yordam beradi.

Ma’lumot uchun:
IVAN BUBALO
Tug‘ilgan sanasi: 17.05.1978 yil
Fuqaroligi: Xorvatiya
UYEFA va OFK Pro litsenziyasiga ega
Murabbiylar shtabi:
1. Dalibor Shilich - katta murabbiy (UYEFA Pro litsenziyasi ega);
2. Filip Zovko – murabbiy (UYEFA “A” litsenziyasi ega);
3. Tomislav Kovach – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (UYEFA “A” litsenziyasi ega);
4. Srdan Soldatovich – darvozabonlar murabbiyi (UYEFA darvozabonlar murabbiyi bo‘yicha “A” litsenziyasi ega).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar