09:11 / 13.01.2024
258

Suriyalik jurnalist: "Suriya guruhda ikkinchi o‘rinni egallaydi va o‘z tarixida birinchi marotaba guruhdan chiqadi"

Suriyalik jurnalist: "Suriya guruhda ikkinchi o‘rinni egallaydi va o‘z tarixida birinchi marotaba guruhdan chiqadi"

Suriyaning "ORTAS" telekanalida faoliyat yuritadigan jurnalist Iyad Nasser, Osiyo kubogi B guruhi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi va o‘z terma jamoasi haqida ma’lumot berdi.

"Mening fikrimcha ushbu musobaqada Yaponiya g‘alaba qozonadi, finalda esa ularga qarshi Suriya maydonga chiqishiga umid qilaman. B guruhiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Avstraliya guruh favoriti va  kenguru yurti vakillari bosh sovrin uchun kurash olib borishiga ishonchim komil. O‘zbekiston terma jamoasi ham yaxshi tarkibga ega, ammo asosiy futbolchi Eldor Shomurodov ushbu musobaqada ishtirok etmaydi. Lekin Oston Urunov uning o‘rnini bosishi mumkin, Urunovning o‘yinlarini kuzatganman va uni taniyman.

Suriya terma jamoasi yaqinda Lotin Amerikasida to‘p tepadigan bir nechta futbolchilarni mahalliylashtirdi. Ushbu holat bizga katta ustunlik yaratib beradi. Taxminimga ko‘ra Suriya terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egallaydi va o‘z tarixida birinchi marotaba pley-off bosqichiga yo‘l oladi. O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvga keladigan bo‘lsak Suriya g‘alaba qozonishiga ishonaman. Suriya terma jamoasida hozir zaif nuqta yo‘q, barcha pozitsiyalar birdek kuchli", - dedi Suriyalik jurnalist.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriyalik jurnalist: "Suriya guruhda ikkinchi o‘rinni egallaydi va o‘z tarixida birinchi marotaba guruhdan chiqadi"