10:26 / 13.01.2024
195

Diyor Holmatov terma jamoaga birinchi chaqiruvi, yosh futbolchilarimizdagi hayajon, otasi bergan maslahat haqida gapirdi

Diyor Holmatov terma jamoaga birinchi chaqiruvi, yosh futbolchilarimizdagi hayajon, otasi bergan maslahat haqida gapirdi

Terma jamoamiz safidagi iqtidorli futbolchi - Diyor Holmatov, Suriya terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin saytimizga intervyu berdi.

- Terma jamoaga birinchi chaqiruvingizdayoq Osiyo kubogidek katta turnirga yo‘l oldingiz. Osiyo kubogi uchun yakuniy tarkib e’lon qilinganidan so‘ng birinchi bo‘lib nima haqida o‘yladingiz?

- Barcha muxlislarga salom. Osiyo kubogi men uchun oldinga tashlangan yana bir qadam. Faoliyatimda yangi bosqichga qadam qo‘ydim. Turnirga tayyorgarlik ko‘rishda davom etaman.

- Terma jamoaga ilk chaqiruvingiz haqida qayerdan bildingiz?

- Chaqiruv haqida bilgan vaqtim “Al-Ayn”da edim. “Paxtakor” bilan chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik. Yigitlar menga terma jamoaga chaqirilganimni aytishdi va biz juda xursand bo‘ldik.

- Otangiz(Akmal Holmatov) Osiyo kubogiga borishingizni bilganidan so‘ng siz bilan suhbatlashdimi? Balki qandaydir maslahat bergandirlar?

- Ha, Dadam menga xar doim takrorlagan gaplarini aytdilar. Hech nimadan qo‘rqmaslik, tinimsiz mehnat qilish va barchasini isbotlash. O‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat o‘z qo‘limda ekanligini yana bir bor takrorladilar. Dadam men uchun katta namuna futbolda va hayotda ham.

- Sizning pozitsiyangizda terma jamoa safida juda katta raqobat. Ushbu turnirda Srechko Katanes sizga imkoniyat berishiga ishonasizmi?

- Bosh murabbiy meni jalb etgan bo‘lsa demak u menga ishonmoqda. Men o‘zim ishimni bajarishda davom etaman va o‘z potensialimni isbotlashda davom etaman. So‘ngi qarorni esa bosh murabbiy qabul qiladi.

- Otabek Shukurov, Sayfiyev va Iskanderov kabi tajribali futbolchilar bunday katta musobaqalarda ko‘p marotaba ishtirok etishgan. Ularga ushbu holatlar tanish, ammo siz va terma jamoaga jalb etilgan bir nechta yosh futbolchilarda ushbu jarayon qanday kechmoqda? Birinchi Osiyo kubogi, dastlabki mintaqaviy musobaqa. Hayajon bormi? Bosim qanchalik kuchli ekanligini his etyapsizmi?

- Hayajon bo‘ladi albatta, ammo maydonga tushgan vaqtim hayajon yo‘qoladi va har kuni qilib yurgan ishimni bajaraman. Maydonda harakat qilayotgan vaqtim o‘zimga ishonch oshadi. Menimcha hayajon va bosim har bir insonda bor, hatto Messi va Ronalduda ham. Hayajonni his etish aksincha yaxshi.

- Ertangi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Ertaga dastlabki o‘yinimiz Suriya terma jamoasiga qarshi. Raqibni o‘rganib chiqdik, o‘zimiz ham tayyormiz. Ertaga muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Holmatov terma jamoaga birinchi chaqiruvi, yosh futbolchilarimizdagi hayajon, otasi bergan maslahat haqida gapirdi