date

Messi Argentina terma jamoasiga qaytganini e’lon qildi

Messi Argentina terma jamoasiga qaytganini e’lon qildi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Marca.

«Argentina futbolidagi muammolar juda ko‘pligini ko‘rmoqdaman va yana bittasini keltirib chiqarmoqchi emasman. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Argentina futbolida ko‘p narsani to‘g‘irlash kerak. Men terma jamoa ichida bo‘lgan holda bu kamchiliklarni bartaraf qilishni xohlayman, tashqaridan tanqid qilishni emas.

Amerika kubogi-2016 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin ko‘p narsa haqida fikr yuritdim, shuningdek terma jamoani tark etish haqida ham jiddiy o‘yladim. Biroq men vatanimni va terma jamoam libosini juda yaxshi ko‘raman.

Argentina terma jamoasida ishtirok etishimni istagan odamlarga tashakkur aytaman. Umid qilamanki, tez orada ularni xursand qilamiz» - dedi Messi.

Manba: Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Argentina terma jamoasiga qaytganini e’lon qildi