12:48 / 14.01.2024
313

Suriya terma jamoasi darvozaboni: "O‘zbekiston biz kutgandek o‘ynadi"

Suriya terma jamoasi darvozaboni: "O‘zbekiston biz kutgandek o‘ynadi"

Suriya terma jamoasi va SSKA klubi darvozaboni Maksim Sarraf Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi O‘zbekiston bilan uchrashuvdan so‘ng (0:0) Championat.asia saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Maksim, bugungi o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Biz ham, O‘zbekiston ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi taymda Abbos Fayzullayevni maydonda ko‘rib xursand bo‘ldim. U o‘zini yaxshi taraflama ko‘rsatdi, xavfli vaziyatlar yaratdi. O‘yin sifatli ko‘rindi.

- O‘zbekiston terma jamoasi o‘yini haqida qanday fikrdasiz?

- O‘zbekistonning o‘yinlarini o‘rganib chiqqandik. Tayyorgarlik jarayonidagi rejalarni amalga oshirdik. Hammasi biz kutgandek bo‘ldi.

- Qanday qilib Suriya terma jamoasi a’zosiga aylangansiz?

- Mening otam Suriyadan. Shu munosabat bilan yaqin vaqtdan beri Suriya sharafini himoya qilib kelyapman.

- Abbos Fayzullayev bilan do‘stmisiz?

- Ha, SSKAda birga o‘ynaymiz. Yo‘llarimiz ko‘p marta kesishgan. Guruhimizni muhokama qilib, bu bo‘yicha suhbat qurgandik. Durang o‘ynaganimizdan xursandmiz. Keyingi o‘yinlarda O‘zbekistonga omad!

Ma’lumot uchun, Sarraf SSKA tarbiyalanuvchisi bo‘lib, ushbu jamoada Abbos Fayzullayev bilan birga harakat qiladi. Shuningdek, bu posbon O‘zbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo Kubogida Suriya darvozasini qo‘riqlagan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriya terma jamoasi darvozaboni: "O‘zbekiston biz kutgandek o‘ynadi"