O‘zbekiston terma jamoasi 2-tur bahsini Hindiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Biz esa Doha shahrida Hindiston terma jamoasining ishtirokini yoritish uchun kelgan hindistonlik jurnalistlaridan O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv haqida fikr oldik.
"Hindiston terma jamoasi ikkinchi tur bahsini O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi. Avstraliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan katta saboq chiqardik degan umiddaman. Hindiston birinchi turda himoyaviy o‘ynadi. Biroq O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda o‘yin rejamiz ancha o‘zgarishiga shubham yo‘q. Ikkinchi turda ko‘proq hujum qilishimiz aniq, sababi mag‘lub bo‘lishga xaqqimiz yo‘q. O‘zbekiston terma jamoasida yarim himoya va hujumda muammolar borligi Suriya qarshi uchrashuvda yaqqol sezildi. Suriya darvozasini ishg‘ol eta olmagan O‘zbekiston, Hindistonga qarshi yanada kuchliroq bosim ostida o‘ynaydi. Hindiston ushbu jihatlardan foydalanib O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etishga harakat qiladi" - dedi "Mathrubhumi" gazetasi muxbiri Kassim Siraj.
"O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqishga asosiy favoritlardan biri. Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi aytib o‘tganidek O‘zbekiston juda yaxshi shakllangan jamoa. Avstraliyaga qarshi dastlabki 50 daqiqa faqat himoyalangan Hindiston, O‘zbekistonga qarshi ham xuddi shunday uslub qo‘llasa kerak. Ammo Igor Stimach 2-turda faqat va faqat natija uchun maydonga chiqishi aniq" - deya fikr bildirdi "Sportstar Hindu" sayti jurnalisti Nil Bhatacharjiy.
Abdulvosit Bektemirov yozib oldi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring