Gari Lineker so‘zida turdi

Angliyalik sobiq futbolchi, ayni vaqtda BBC telekanalining «Match of the Day» ko‘rsatuvida boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Gari Likener o‘z va’dasida turdi va efirga ichki kiyimda chiqdi.
[media=https://youtu.be/i9pJODpxx3w]
O‘tgan yilning dekabrida Lineker agar «Lester» Angliyada chempion bo‘lsa, 2016-17 yilgi mavsumning ilk sonini ich kiyimda o‘tkazishga va’da qilgandi.
«Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Men buni qadrlayman. Ajoyib hissiyotlar.
Va’damni bajardim. Lekin, ochig‘ini aytsam, juda noqulay bo‘ldi», — deya yozgan Lineker o‘z tvitterida.
«Biz sizning ustingizdan kulmaymiz, biz siz bilan birgalikda kulamiz», - deya yozgan BBC telekanalining boshqa bir eksperti, Lineker bilan birga Angliya terma jamoasida to‘p surgan Alan Shirer instagramdagi sahifasida.

Manba: Tribuna.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing