Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o‘rin olgan Suriya va Avstraliya (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng suriyaliklar bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida qisqacha fikringiz?
- Natijadan xursand emasman. Yigitlarning o‘yinidan esa qoniqdim. Raqib juda kuchli edi. Bizga yetmagan narsa bu vaziyatlardan foydalanish bo‘ldi, ammo o‘yinimizdan mamnunman.
- Natija yoqmagani aniq, ammo biz faqatgina birgina gol farqi bilan yutqazdik. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz hozirda qanday?
- Ikki o‘yinda bir dona gol o‘tkazish albatta yaxshi. Uchinchi o‘rinda Hindistonga qarshi o‘ynaymiz. Bu uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak. Menga yigitlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari yoqmoqda. Jamoadagi yangi o‘yinchilar o‘yindan o‘yinga ochilib borishmoqda. O‘ylaymanki, Hindistonni mag‘lub eta olamiz.
- Bugun yetishmagan narsa vaziyatni yakunlash ekanini aytdingiz. Balki, bu Omar Al Soma yoki shunga o‘xshash hujumchining yo‘qligi bilan bog‘liqdir?
- Bizda kuchli hujumchi bor. Gap omadda bo‘lsa kerak. Agarda vaziyat yarata olmaganimizda ko‘proq tashvishga tushardim. Biz esa ancha vaziyatga ega bo‘ldik va raqib himoyasini sarosimaga sola oldik. Jamoaning o‘yinidan to‘liq qoniqdim.
- Bugun o‘yin davomida juda ko‘p marta asabiylashdingiz. Bunga sabab nima bo‘ldi?
- Har bir murabbiy uchun bu normal reaksiya hisoblanadi. Futbolning jozibasi shundan iborat.
- Birinchi bo‘limda jamoamiz juda yaxshi o‘ynagandi, ikkinchi taymda esa aksincha. Zahira o‘rindig‘ida sizda juda ko‘p variantlar bor edi. Nega ko‘proq o‘zgarishlarga qo‘l urmadingiz?
- O‘zgarishlar masalasida har bir murabbiy o‘yinchilarning holatiga qarab ish tutadi. Har bir mutaxassisning o‘z qarashlari bor. Men shunday qilishni istadim.
- Guruh bosqichidagi o‘yinlarimizdan kelib chiqib, keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishimizga qanchalik ishonyapsiz?
- Muxlislardan umidni so‘ndirmasliklarini so‘rayman. Bugun juda yaxshi harakat qildik. Keyingi o‘yinda ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshiramiz va g‘alaba qozonamiz. Bu Suriya uchun tarixiy natija bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring