Krishtianu Ronaldu: “Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan yaxshiroq”

Krishtianu Ronaldu: “Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan yaxshiroq”

“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards marosimida ishtirok etdi.

Portugaliyalik futbolchi eng yaxshi to‘purar, Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi, muxlislar talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshisi deya e’tirof etildi.

Krishtianu Ronaldu: “Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan yaxshiroq”

Marosimda Ronaldu Saudiya chempionati haqida berilgan savolga quyidagicha javob berdi:

“Saudiya ligasining darajasi ayni paytda? Hozirda bu liga Fransiya chempionatidan yomon deb bo‘lmaydi. Fransiyada 2-3 ta yaxshi jamoa bo‘lishi mumkin, Saudiyada esa chempionat raqobatbardosh. Bir yildan buyon shu yerdaman. Ular nima desa deyaversin, bu mening shaxsiy fikrim. Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan yaxshiroq”.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar