21:03 / 22.01.2024
166

Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor Shtimas: "Suriya – O‘zbekistonga o‘xshash terma jamoa. Maydonda jang kechadi"

Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor Shtimas: "Suriya – O‘zbekistonga o‘xshash terma jamoa. Maydonda jang kechadi"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o‘rin olgan Suriya va Hindiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Shtimas va jamoa sardori Sunil Chetri qatnashdi.

- Murabbiyning o‘yin haqidagi fikri qanday?

- Oxirgi o‘yin muhim bo‘lishi aniq. Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqish uchun borini beradi. Yaxshi o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Maydonda jang kechadi. Vanihoyat to‘liq tarkib bilan harakat qilamiz. Bu quvonarli, albatta.

- Ushbu Osiyo kubogi Hindiston jamoasiga qanday foyda berdi?

- Katta tajriba orttirdik. Jahon chempionati o‘tkazilgan tuzilmalarda harakat qilishning o‘zi biz uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

- Ertaga Hindiston terma jamoasi g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga yo‘l olishga muvaffaq bo‘lsa, bu mamlakat uchun qanday natija bo‘ladi?

- Pley-off bosqichiga yo‘l olish katta natija bo‘ladi. Osiyo kubogida ekanimizni o‘zi biz uchun katta natija. Hali ham konsentratsiyamiz yuqori va ertaga nima qilishimiz kerakligini aniq bilamiz. O‘zbekiston va Avstraliyaga qarshi qulay imkoniyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik.

- Jarohatlar haqida aytib o‘tsangiz?

- To‘liq tarkibdamiz deb aytib o‘tdim. Bizda jarohatlanganlar deyarli qolmadi.

- Sunil, bu siz uchun birinchi Osiyo kubogi emas. Bu safargi Osiyo kubogida oldingilarida yo‘q bo‘lgan qanday sifatga egasiz?

- Orada katta farq bor. Shulardan biri biz to‘plagan katta tajriba. Oxirgi uchta Osiyo kubogida tajriba to‘plab keldik. Qatardagi musobaqada biz o‘zimizni juda qulay his qilyapmiz.

- Sunil, terma jamoa va shu jumladan siz ham hali gol urishni uddalay olmadingiz. Ertangi o‘yinda musobaqadagi birinchi golimizni kirita olamizmi?

- Hindiston bilan gol urishni uddalay olmayapmiz. O‘zbekistonga qarshi Avstraliyadan ko‘ra ko‘proq imkoniyat yaratdik. Ishoning, Osiyo kubogida gol urish oson ish emas. O‘zbekiston va Avstraliya qit’aning eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bir nechta qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardik, ammo gol ura olmadik. Katta turnirlarda shu kabi narsalar farqni belgilab beradi. Gol urishni hech kim bizdan ko‘ra ko‘proq xohlamaydi.

- Hindiston ikki o‘yinda 5 ta gol o‘tkazdi. Bu qanchalik yomon?

- Bu juda yomon. O‘z jarima maydonimizda yomon harakat qilyapmiz. Bu nimanidir o‘zgartirishimiz kerakligini bildiradi. Ishonamanki, buni to‘g‘rilay olamiz.

- Suriya musobaqadagi jismonan kuchli jamoa hisoblanadi. Buni keyingi o‘yinga qanday ta’siri bo‘ladi?

- Biz jismonan juda kuchli bo‘lgan ikki jamoaga qarshi o‘ynadik. Muhimi, xato qilmasligimiz kerak. Osiyo kubogida xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, raqiblar buni kechirishmaydi.

- Suriyaning oxirgi ikki o‘yinini ko‘rdingiz. Raqib haqida qanday fikrdasiz?

- Suriya – O‘zbekistonga o‘xshash jamoa. Ulardagi futbolchilar kuchli chempionatlarda harakat qilishadi. Suriya klassik 4-4-2 sxemada o‘ynaydi, yaxshi saviyadagi yoshlar ham yetarli. Suriya juda jiddiy jamoa. Aytib o‘tganimdek, Suriya jismonan kuchli jamoa. Bunday holatlarda men o‘yinchilarimga yakkakurash va kontaktlardan qochishni maslahat beraman. Ertaga himoya chizig‘imiz yaxshi harakat qilishi kerak. Konsentratsiyani kuchaytirish shart.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor Shtimas: "Suriya – O‘zbekistonga o‘xshash terma jamoa. Maydonda jang kechadi"