08:23 / 25.01.2024
771

Osiyo kubogida o‘ynayotgan futbolchimizga mashhur klubdan qiziqish bo‘lyapti

Osiyo kubogida o‘ynayotgan futbolchimizga mashhur klubdan qiziqish bo‘lyapti

Qatardagi Osiyo kubogida Srechko Katanes bosh murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Futbolchilarimiz “V” guruhida Hindiston ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, Suriyaga qarshi bahsda o‘yinda hisob ochilmagan bo‘lsa, Avstraliya terma jamoalari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan holda besh ochko jamg‘arib, pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

Nufuzli musobaqada terma jamoamiz himoyachilari ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda va uchta uchrashuvda atigi bitta gol o‘tkazildi. U ham bo‘lsa, hakam tomonidan belgilangan shubhali penaltidan kiritildi.

Terma jamoamizning yetakchi himoyachilaridan Rustam Ashurmatovga Ozarbayjonning eng mashhur klubi “Neftchi”dan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, bokuliklar ishonchli o‘ynay oladigan markaziy himoyachi qidirmoqda va anu shu maqsadda Osiyo kubogida qatnashayotgan Rustam Ashurmatovning harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Manbalarga ko‘ra, “Neftchi”ning asosiy himoyachisi Mark Tamash katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi. Vengriyalik legioner Turkiyaning “Adana Demirspor” klubi bilan kelishuvga erishgan va turk Superligasiga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.

Ozarbayjonliklarning aynan Rustam Ashurmatovga qiziqish bildirayotganiga o‘ziga yarasha sabablar bor. Futbolchimizning professional mahoratidan tashqari terma jamoa o‘yinchisi ekani ham “Neftchi” rahbariyati e’tiborini tortyapti.

Agar “Neftchi” o‘z safiga terma jamoada muntazam o‘ynab kelayotgan futbolchini transfer qiladigan bo‘lsa, Ozarbayjon futbol federatsiyasiga 30 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovdan ozod qilinadi.

Ta’kidlash joizki, Rustam Ashurmatov ayni paytda Rossiya Premer-ligasida “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bir yildan beri Qozon shahri klubida to‘p tepayotgan  legionerimiz mavsumning birinchi qismida barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.

Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 31 ta o‘yinda qatnashgan. Qatardagi Osiyo kubogining guruh bahslarida Suriya va Astraliya bilan bo‘lgan bellashuvlarda to‘liq harakat qildi.

Rustam asli “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistonda “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” jamoalarida ham to‘p tepgan. Orada bir necha yil Janubiy Koreyada “Kvandju” hamda “Kanvon” klublarida o‘ynadi.

Legionerimizning “Rubin” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 27 yoshli himoyachining transferi 700 ming yevroga baholanmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogida o‘ynayotgan futbolchimizga mashhur klubdan qiziqish bo‘lyapti