“Barselona” darvozaboni “MS”ga o‘tmoqda

“Barselona” darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradigan bo‘lib turibdi.
Chili terma jamoasi va “Barselona”ning asosiy golkiperi “Manchester Siti” bilan kelishuvga erishganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda. Tomonlar deyarli kelishuvga erishgan. Yaqin kunlarda shartnoma rasman ma’lum qilinadi.
Bravo “MS”ning asosiy darvozaboni bo‘lishi kutilmoqda. Ingliz klubi posboni Jo Xart esa yaqin orada “Everton”ga o‘tishi taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing