359
O‘zbekiston “qora an’ana”ga chek qo‘ydi yoxud Qatardagi rekordlar, sensatsiyalar va faktlar
Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining guruh bosqichi yakunlanib, musobaqaga kelgan jami 24 mamlakat terma jamoalaridan eng kuchli 16 tasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Ayni paytda bu jamoalar 1/8 final uchrashuviga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Osiyo kubogi guruh bosqichining uchinchi turida ham sensatsion natijalar va qiziqarli rekordlar kuzatildi. Sports.uz portali uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, musobaqada ro‘y bergan e’tiborga molik voqealari haqida ma’lumot beradi.
Avvalo, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni keltiramiz. Osiyo kubogining uchinchi turida futbolchilarimiz Avstraliya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mana shu bahsda ikkita muhim voqea qayd etildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Azizbek Turg‘unboyev “kengurular” darvozasiga gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Bungacha to‘rtta uchrashuvda hamyurtlarimiz avstraliyaliklar darvozasiga yo‘l topa olmay kelgandi.
Ikkinchi muhim voqea – Krishtianu Ronaldu uslubida gol urgan Azizbek Turg‘unboyev Avstraliya terma jamoasining “quruq” seriyasiga chek qo‘ydi. O‘z darvozasidan ketma-ket oltita uchrashuvda to‘p o‘tkazmay kelayotgan avstraliyaliklarning bu seriyasi 651 daqiqada o‘zbek futbolchisi tomonidan to‘xtatildi.
Endi Srechko Katanes shogirdlari yana bir bor murakkab ishni amalga oshirish kerak. Gap shundaki, nimchorak finaldagi raqib – Tailand terma jamoasi Osiyo kubogining dastlabki uchta uchrashuvida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgan ikki jamoadan biri. Hali to‘p o‘tkazmagan yana bir jamoa musobaqa mezbonlari – qatarliklardir.
Tailand darvozaboni Saranon Anuin chempionat qahramonlaridan hisoblanadi. Iste’dodli golkiper Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazilgan bahsda o‘z darvozasiga yo‘llangan barcha to‘plarni qaytardi. Hatto, saudiyaliklar vakili Abdulla Radifning 11-metrlik belgidan yo‘llagan zarbasini ham o‘tkazgani yo‘q.
Jarohat tufayli Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev kabi ikki yetakchi to‘purardan ayrilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning eng mustahkam himoya chizig‘iga ega jamoasi va uning ishonchli posboni darvozasiga yo‘l topishi talab etiladi.
Osiyo kubogi guruh bosqichi uchinchi tur doirasida yana quyidagi muhim voqealar bo‘ldi:
Guruh bellashuvlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 ta terma jamoadan to‘rttasi ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Indoneziya, Falastin, Suriya va Tojikiston ilk bor guruhdan chiqdi.
* * *
Indoneziya, Falastin va Suriya eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchinchi o‘rin sohiblari sifatida pley-offga yo‘llanma olgan bo‘lsa, Tojikiston futbolchilari guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, tojikistonliklar 2000 yildan beri Osiyo kubogidagi birinchi ishtirokidayoq pley-offga yo‘l olgan to‘rtinchi terma jamoa bo‘ldi. Avval bu natijani Iordaniya (2004 yil), Avstraliya (2007 yil) va Qirg‘iz Respublikasi (2019 yil) qayd etgan.
* * *
Guruh bosqichida eng ko‘p – 8 tadan gol urgan terma jamoalar Janubiy Koreya va bir kvartetdan joy olgan Iroq va Yaponiya bo‘ldi.
* * *
Malayziya va Vetnam uchta o‘yinda eng ko‘p – 8 tadan to‘p o‘tkazib yubordi.
* * *
Suriyada terma jamoasi hindistonliklarni 1:0 hisobida yengib, Osiyo chempionatlaridagi yettita o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Suriya so‘nggi bor 2011 yili Saudiya Arabistoni ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi.
* * *
Janubiy Koreya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, shov-shuv ko‘targan Malayziya futbolchilari bu raqibdan 39 yildan beri endi bir ochko tortib oldi. Malayziyaliklar so‘nggi bor 1986 yilgi jahon chempionatining saralashida Kuala-Lumpurda koreyaliklarni kichik hisobda mag‘lub etgandi.
* * *
Falastin terma jamoasi Osiyo kubogida 2015 yili debyut qilganidan beri g‘alaba qozona olmayotgan edi. Bu gal falastinliklar Gonkong darvozasini uch bor ishg‘il qilib, sakkizta uchrashuvni tashkil qilgan g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi.
* * *
Xitoy terma jamoasi darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan Hasan Al-Haydos uchta Osiyo kubogida gol urgan birinchi qatarlik futbolchiga aylandi.
* * *
Saudiya Arabistoni hujumchisi Talal Hoji bu galgi chempionatning eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi. Talal Tailandga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda maydonga tushgan paytda 16 yosh, to‘rt oylik va to‘qqiz kunlik edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”