14:10 / 28.01.2024
179

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston – Tailand uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqaradi

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston – Tailand uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqaradi
O‘zbekiston terma jamoaning Osiyo Kubogidagi navbatdagi bahsiga hakamlar tayinlandi. Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Tailand o‘yinini malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin bosh hakam sifatida boshqaradi.

Unga hamyurtlari Muhammad Zairul hamda Arif Shamil yordam berishsa, zaxira hakami sifatida Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf ishlaydi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Omar Muhammad Ahmad (BAA) bajarsa, AVAR sifatida saudiyalik Xolid Solih Alturais ishlashi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Nazmi Nasaruddin joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 3 ta turida o‘zbek klublari ishtirokidagi bahslarda hakamlik qilgan. U turnirning 2-turida “Navbahor” – “Mumbai Siti” (Hindiston), 4-turida “Ahal” (Turkmaniston) – “Paxtakor” hamda 6-tur doirasidagi “Mumbai Siti” (Hindiston) – “Navbahor” uchrashuvlarini boshqargan. Ushbu bahslar davomida u cho‘ntagidan jami 32 marta sariq kartochka, 4 bor qizil kartochka chiqargan va 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Osiyo Kubogi-2023 1/8 final
30.01.2024 | 16:30 (O‘zbekiston vaqti)
O‘ZBEKISTON – TAILAND
“Al-Janub” stadioni, Al-Vukair shahri
Bosh hakam: Nazmi Nasaruddin (Malayziya)
Qanot hakamlari: Muhammad Zairul, Arif Shamil (ikkalasi Malayziya)
Zaxira hakami: Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf (Ummon)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. O‘zbekiston – Tailand uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqaradi