
MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 300" yubiley turnirida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
“Bu mish-mish. Menga hech qachon "UFC 300" da jang qilishni taklif qilishmagan. Men ularga oktagonga qaytishni istamasligimni tushuntirdim”, — deb Sent-Per so‘zlarini keltiradi Bloody Elbows.
Eslatib o‘tamiz, Sent-Per o‘zining so‘nggi jangini 2017 yil noyabrida, Maykl Bispingga qarshi o‘tkazib mag‘lub bo‘lgandi. 2019 yil fevral oyida esa kanadalik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar