Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida birin-ketin chorak finalchilar nomi aniqlanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib, Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilarini ortda qoldirgan Tojikiston terma jamoasi keyingi bosqichga o‘tdi. Endi navbat - O‘zbekiston milliy terma jamoasiga!
30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi tailandlik futbolchilar bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Garchi Tailand terma jamoasi safida Yevropaning kuchli chempionatlarida porlagan o‘yinchilar bo‘lmasa-da, bu mamlakat futbolchilari doim hamyurtlarimizga jiddiy qarshilik ko‘rsatib kelgan.
Sports.uz portali bo‘lajak o‘yin oldidan O‘zbekiston va Tailand terma jamoalariga oid qiziqarli fakt va ma’lumotlarni havola etadi.
Eng avvalo, har ikki terma jamoa o‘z kvartetida bir xil natija – bittadan g‘alaba va ikkitadan durang qayd etib, ikkinchi o‘rinni egallagan holda nimchorak final yo‘llanamasiga ega chiqdi.
O‘zbekiston va Tailand futbolchilari Osiyo kubogi final qismida ilk marotaba to‘qnash kelmoqda.
Musobaqalar tarixida bu ikki terma jamoaning eng yaxshi natijasi yarim final bo‘lgan.
O‘zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar qit’a chempionati pley-offida yetti martaba o‘ynab, faqatgina 2011 yilgi musobaqada keyingi bosqichga o‘tgan xolos.
Tailand Osiyo kubogi tarixida avvalgi 24 ta uchrashuvdan atigi uchtasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu galgi chempionatda tailandliklar guruh bochqichining uchta bellashuvidan birortasida gol o‘tkazgani yo‘q.
Tailand terma jamoasi darvozabonlari Saranon Anuin jami yettita, Pativat Xamma to‘rtta seyv namoyish etgan holda terma jamoa darvozasini daxlsiz saqlab kelmoqda.
Chempionatda hali gol o‘tkazmagan yana yuir darvozabon Mashaal Barsham sakkizta zarbani qaytargan.
O‘zbekiston va Tailand terma jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvlari tarixiga nazar solsak, raqib har doim jiddiy qarshilik ko‘rsatib kelganini ko‘rishimiz mumkin.
Statistika bilan shug‘ullanadigan nufuzli manbalardan biri – wildstat.ru saytida ushbu terma jamoalar o‘zaro 12 marotaba kuch sinashgan. Qizig‘i shundaki, biror marotaba durang natija qayd etilmagani o‘yinlarning murosasiz o‘tganidan dalolat beradi. Oltita bahsda o‘zbeklar, yana shunchasida tailandliklar g‘olib chiqqan. To‘plar nisbati bizning foydamizga – 22:20.
Ushbu manba ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar tailandliklar bilan ilk bor 1994 yili Yaponida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida ro‘baro‘ kelgan va to‘qqizta gol urilgan bahsda 5:4 hisobida zafar quchgan.
Bir yildan keyin Hindistondagi “Neru kubogi”da hamyurlarimiz raqibni kichik hisobda taslim qilgan.
Keyinchalik uch yil davomida, ya’ni 1998 yildan 2001 yilgacha ustunlik Tailand futbolchilar tomonida bo‘ldi. Ular ketma-ket to‘rtta o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi.
2001 yil “Merdeka kubogi”da futbolchilarimiz noxush an’anaga chek qo‘yib, tailandliklarni yana yengdi.
2004 yilgi Osiyo kubogining saralashida har ikki terma jamoa o‘z uyidagi o‘yinlarda uchta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.
Tailand va O‘zbekistonning keyingi ikki uchrashuvidan biri o‘rtoqlik maqomida va oxirgisi hozir o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining saralash turniri doirasida o‘tkazilgan va har ikkisida hamyurtlarimiz bir xil – 2:0 hisobida zafar quchgan.
2022 yilgi oxirgi uchrashuvda tailandliklar darvozasiga bittadan gol urgan Jaloliddin Masharipov va Azizbek Turg‘unboyev bo‘lajak bahsda ham qatnashishi kutilyapti.
Uchrashuvlar tarixidan ma’lumki, O‘zbekiston tailandliklarga rasmiy uchrashuvlarda biror marotaba imkoniyat bermagan. Raqib faqatgina o‘rtoqlik o‘yinlarida ustunlik qilgan xolos.
Shunga qaramay, Osiyo kubogining nimchorak finalida futbolchilarimizni jiddiy raqib va murakkab uchrashuv kutib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”