283
Ivan Boshkovich: "Tailandda aniq ustunlik bor, deya olmayman. Lekin bu O‘zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak"
O‘zbekiston - Tailand uchrashuvidan avval bevosita Tailand futbolini biladigan mutaxassis, futbolchilarga yuzlanmoqdamiz.
"Nasaf"ning sobiq chernogoriyalik futbolchisi, "So‘g‘diyona" ustozi Ivan Boshkovich faoliyati davomida Tailandning "Chonburi", "Sriracha", "BЕK Tero Sasana", "Krabi", "Sisaket", "Rayong" kabi klublarida to‘p tepgan. Tabiiyki, murabbiy ularning futbolidan xabardor.
- Tailand futbolini yaxshi darajada deyishim mumkin. Ular oxirgi 5-10 yilda yaxshi natijalarga erishdi va hurmatga loyiq. Tashkilotchilik, malakali xorijlik mutaxassislar mamlakat futboli saviyasini oshirmoqda. Klublar o‘z akademiyasiga ega bo‘lyapti. Aniq dastur va strategiya asosida ishlamoqda. Barcha klublar xususiy va kuchli homiylarga ega.
- Ertangi o‘yinda ularda aniq ustunlik yo‘q. Lekin bu favorit O‘zbekistonga xotirjamlik bermasligi kerak. G‘alaba uchun bosim bo‘lmagan vaziyatlarda bunday jamoalar yanada yaxshiroq o‘ynay olishi mumkin. Tailandda har qanday raqibga muammo tug‘diradigan texnik, epchil va kreativ futbolchilar bor. Ular kuchga asoslangan futbolni yoqtirmaydi. Bu esa O‘zbekistonga ustunlik berishi kerak.
- Tailandda yuqori saviyadagi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Ular maydonda bir-birini yaxshi tushunadi. Sifat, saviya borasida O‘zbekiston favorit. Lekin bitta o‘yinga yaxshigina tayyorgarlik talab etiladi. Ruhiy tayyorgarlik bunda juda muhim hisoblanadi. Agar konsentratsiya va o‘yindagi intizom yuqori saviyada bo‘lsa, O‘zbekiston katta muammoga duch kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”