00:48 / 31.01.2024
1 043

Supergol urgan Fayzullayevning narxi 20 baravar oshadi

Supergol urgan Fayzullayevning narxi 20 baravar oshadi
Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi nimchorak final uchrashuvida Tailand futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin uchun yurishni davom ettiradigan bo‘ldi.

Keskin va murosiz o‘tgan bellashuvda Azizbek Turg‘unboyev hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvning eng faol o‘yinchisi sifatida e’tirof etilayotgan Abbosbek Fayzullayev g‘alaba to‘pini kiritdi. Asosiyo tarkibga yorib kirgan har ikki futbolchimizning qit’a chempionatida urgan gollari soni ikkitani tashkil qilmoqda.

Abbosbek Fayzullayev klublar miqyosidagi faoliyatini Rossiya Premer-ligasining SSKA klubida davom ettirayotgani bois rus futbolini yoritayotgan manbalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlarini keng yoritib bormoqda.

Ayniqsa, Rossiya klubi a’zosi hisoblangan 20 yoshli hujumkor futbolchi gol ursa, futbolga ixtisoslashgan barcha manbalar bu haqida yozmoqda. Xususan, news.sportbox.ru sayti eksperti Denis Petrov O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi uchrashuv tahlilida Abbosbek Fayzullayevning harakatlariga alohida e’tibor qaratdi.

- Uchrashuvda o‘zbekistonliklar ilk daqiqalardan tashabbusni o‘z qo‘liga olib, raqibga hujum haqida o‘ylash imkonini ham bermadi. Maydondagi asosiy qahramonlardan biri Abbos Fazullayev bo‘ldi. U imkon bo‘lishiga jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minladi.

Tailandliklar SSK futbolchiga qarshi juda qo‘pol o‘ynadi. Uchrashuv boshidayoq himoyachilar Fayzullayevning oyog‘iga ikki marta qattiq tepib yiqitdi.

Qo‘polliklar Abbosni cho‘chitgani yo‘q. U dribling va aniq paslar bilan raqib himoyasini bosim ostida ushlab turdi. Dastlabki gol Fayzullayev boshlagan hujumdan keyin ochildi. Abbosdan to‘pni qabul qilib olgan Diyor Xolmatov Azizbek Turg‘unboyevni golli pozitsiyaga chiqardi.

O‘zbekiston javob golini o‘tkazib yuborganidan keyin yana asosiy planga Fayzullayev chiqdi va g‘alaba to‘pini kiritdi. Bu Abbosning ikkinchi to‘pi. 20 yoshli yigitcha faoliyatidagi dastlabki eng katta turnirda ajoyib natija qayd etmoqda.

Fayzullayev yosh bo‘lishiga qaramay, Osiyo kubogida qatnashayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar orasida eng qimmatbaho o‘yinchi hisoblanadi,. Osiyo kubogi boshlangunicha, u 4 million yevroga baholanayotgan edi.

Katta musobaqalardagi muvaffaqiyatlar yosh o‘yinchining transfer narxini sezilarli darajada oshiradi. Ikkita gol va eng muhimi, Abbos ko‘rsatayotgan o‘yinning darajasi futbolchining narxi keyingi ikki haftada keskin oshishidan dalolat bermoqda.

Fayzullayev SSKAga o‘tgunicha yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali Yevropa skautlariga yaxshi tanilgan edi. Abbosga Niderlandiya, Portugaliya va Turkiya klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lgan, biroq “armiyachilar” uni qo‘lga kiritib katta ishni amalga oshirgan bo‘lib chiqdi.

Rossiyalik muxlislar yozda Fayzullayev degan futbolchini tanimasdi va shu bois uning SSKAga transferini g‘alati qabul qilishdi. Asosiy raqobatchi “Spartak” Yevropadan o‘yinchilar olishga millionlab pul sarflayotgan paytda “armiyachilar” 500 ming yevroga hech kim tanimaydigan o‘yinchini oldi.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisiga o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘yish uchun bir juft uchrashuv kerak bo‘ldi xolos.

Fayzullayevning salohiyati uning bozori chaqqon bo‘lishidan dalolat bermoqda. SSKA uni yozda 10 million yevrodan boshlab taklif qilinadigan narxga qo‘yib yuborib, sarflagan pulini 20 baravar ortig‘i bilan chiqarib olishi kutilmoqda
, - deb yozdi news.sportbox.ru sayti eksperti Denis Petrov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan muhim uchrashuvda musobaqa mezbonlari - Qatar futbolchilari bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Supergol urgan Fayzullayevning narxi 20 baravar oshadi