14:16 / 31.01.2024
232

Roberto Manchini penaltilar seriyasi yakuniga yetmasdan, tribunani tark etgani uchun uzr so‘radi

Roberto Manchini penaltilar seriyasi yakuniga yetmasdan, tribunani tark etgani uchun uzr so‘radi
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Roberto Manchini Janubiy Koreyaga qarshi bahsdagi penaltilar seriyasi yakunlanmasidan oldin tribunani tark etgani uchun uzr so‘radi.

Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Sami al-Naji penaltini amalga oshirganidan so‘ng, italiyalik mutaxassis zarbani qaytishda darvozabon chiqib ketganini iddao qilib, VAR aralashuvini talab qildi. O‘zi istagan narsaga erisha olmagan Manchini tribunani tark etib, jamoalarning so‘nggi zarbalarini ko‘rmadi.

Uzr so‘rayman. Barchasi tugadi deb o‘ylagandim. Hech kimga hurmatsizlik qilmoqchi emasdim. Futbolchilarimga rahmat demoqchiman.
Jamoa sifatida o‘sishga erishdik. Biz butun oy davomida birga ishladik, bu eng muhimi edi
”, — deydi Manchini.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roberto Manchini penaltilar seriyasi yakuniga yetmasdan, tribunani tark etgani uchun uzr so‘radi